Isroilda AQShning birinchi harbiy bazasi paydo bo‘ldi
Isroil janubidagi Negev cho‘lida AQSh harbiy bazasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Canal 2 shu haqida xabar berdi.
"Bugun Isroilda amerikalik do‘stlarimiz bilan hamkorlikda qurilgan raketa mudofaasi bazasining ochilishi bo‘lib o‘tdi", - dedi Isroil armiyasining havo mudofaasi bosh qo‘mondoni general Tsvika Xaymovich.
Bundan avval Isroil AQSh bilan 50 ta F-35 qiruvchi-bombardimonlarni xarid qilishga doir kelishuvni imzolagandi.
Aprel oyida Isroil o‘rta masofaga uchuvchi "David Sapani" raketa mudofaa tizimi bilan qurollanganlik haqida ma'lum qilgan edi.
Bundan tashqari, Isroil tasarrufida qisqa masofaga uchuvchi raketalardan himoyalanishga mo‘ljallangan "Temir gumbaz" raketa mudofaa tizimi hamda mamlakatni qit'alararo ballistik raketalardan muhofaza qiluvchi "O‘q" tizimi bor.
Mavzuga oid
23:15 / 27.09.2024
Finlandiya Rossiya bilan chegaraga NATO shtabini joylashtiradi
22:07 / 27.09.2024
Isroil Bayrutdagi «Hizbulloh» qarorgohiga zarba berdi
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
18:31 / 27.09.2024