Fan-texnika | 20:50 / 21.09.2017
6468
2 daqiqa o‘qiladi

"Vikipediya"ning ilmiy foydasi tan olindi

Foto: YourStory.com

Massachusets texnologiya instituti (MIT) va Pittsburg universiteti tadqiqotchilari ilmiy ishlarni yozishda "Vikipediya"dan manba sifatida foydalanib kelayotganlar sonining oshib borayotgani haqida ma'lum qilishdi. SSRN'da shu haqida xabar berildi. 

MIT professori Nil Tompsonning so‘zlariga ko‘ra, ensiklopediya - nafaqat ilm-fanda nimalar ro‘y berayotganiga doir hisobot, balki uni shakllantirishga yordam beruvchi hamdir. 

Tadqiqotchilar tajriba davomida shunga iqror bo‘lishdi. Ikki universitet olimlari "Vikipediya"da bo‘lmagan bir necha mavzuni tanlab, aspirantlardan ular bo‘yicha ilmiy maqola tayyorlashni so‘rashdi. Materiallarning yarmi ensiklopediyada chop etildi. 

Vaqt o‘tgach, "Vikipediya"ga yuklangan ishlar ming martalab ko‘rilgani va ularga havolalar berilgani ma'lum bo‘ldi. Ensiklopediyaga yuklanmagan ishlar esa e'tibordan chetda qolgani aniqlandi.

Ta'kidlash joizki, MIT standartlari "Vikipediya"ni maqolalarda faqat "umumiy ma'lumotlar" manbai sifatida qo‘llashga ruxsat beradi. 

Mavzuga oid