Fan-texnika | 17:37 / 25.09.2017
9101
2 daqiqa o‘qiladi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha eng yaxshi davlat organi aniqlandi

Foto: ICTWeek

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlar bozori rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida har yili an'anaviy tarzda «ICTWEEK Uzbekistan» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 19-22 sentabr kunlari poytaxtdagi «O‘zekspomarkaz» majmuasida tashkil etilgan haftalikda yurtimiz va xorij olimlari tomonidan yaratilgan yuzlab ishlanma hamda texnologiyalar namoyish etildi.

Asosiy e'tibor mamlakatda «Elektron xukumat» tizimini rivojlantirishga qaratilgan mazkur tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlarida rivojlangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzusida tayyorlangan loyihalar, ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari, ma'lumotlar bazasini shakllantirishda katta xissa qo‘shayotgan dasturiy mahsulotlar, onlayn nazorat-kassa mashinasi ishlash loyihasi, ma'lumotlarni qayta ishlar markazi hamda korpotariv aloqa tarmoqlarining infratuzilmasi maketlari bilan ishtirok etdi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomnidan taqdim etilgan loyihalar anjumanga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar, aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi hamda bir qator vazirlik va idoralarning rahbarlarida katta taassurot va qiziqishlar uyg‘otdi.

«ICTWEEK Uzbekistan 2017» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi yakunida Davlat soliq qo‘mitasi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha eng yaxshi davlat organi» nominatsiyasida g‘olib deb e'tirof etilib, maxsus diplom va statuetka bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid