Qozog‘iston energetika vazirligi Air Astana xavotirlariga javob berdi
Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Asat Magauov Air Astana aviakompaniyasining mamlakatda aviakerosin taqchilligi yuz berishi mumkinligi haqida bayonotiga javob qaytardi. Aviakompaniya respublikadagi doimiy aviaparvozlar to‘xtab qolishi mumkinligi haqida bong urgan edi. Tengrinews.kz muxbirining vazirga tayangan holda yozishicha, Air Astana bu kabi shov-shuvli bayonotlar berishdan avval energetika vazirligi bilan maslahatlashishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
“Bundan tashqari, bizning ular bilan bevosita shartnomamiz bor. Ular bilan har qanday muammoni jonli tarzda muhokama qilamiz. Zavod faoliyatiga ta'sir qiladigan hech qanday kapital ta'mirlash haqida so‘z borayotgani yo‘q. Bahorgi kapital ta'mirlash chog‘ida barchasi modernizatsiya qilindi. Zavod K4 va K5 talablarini bajara oladi", - degan Magauov matbuot anjumanida.
"Dala ekin ishlari tamomlanganidan so‘ng, Chimkent zavodidagi uskunalardan biri modernizatsiya qilinadi. Dizel yoqilg‘isini gidrotozalash qurilmasi o‘rnatiladi. Ammo bu aviakerosin va benzin ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir etmaydi", - deb qo‘shimcha qilgan vazir o‘rinbosari. Uning ta'kidlashicha, energetika vazirligi respublikadagi neft mahsulotlari bilan bog‘liq vaziyatni ijobiy deb baholamoqda.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024