Jamiyat | 08:33 / 02.10.2017
62232
3 daqiqa o‘qiladi

Dahshatli YTHda burni va og‘zidan ayrilgan, biroq sevgisini topgan ayol hikoyasi

Hindistonlik ikki farzandning otasi Jayaprakash Daily Mail'ga o‘zining muhabbat tarixini so‘zlab berdi. U ayoli Sunitani 17 yoshida uchratgan. Yillar davomida ular muhabbatlari haqiqiy ekanini isbotlay olishdi. 

"Bu bir ko‘rishda muhabbat edi", - deya yodga oladi Jayaprakash 2004 yildagi voqealarni. - Tez orada biz do‘st tutindik, biroq uni boshqa birov bilan ko‘rsam yuragim qinidan chiqay derdi".

Foto:Facebook / BeingYou

Ular maktabni tugallagandan keyin Sunita boshqa shaharga ko‘chib ketadi va yoshlarning aloqasi uziladi. Biroq 2007 yilda qiz Jayaprakashga qo‘ng‘iroq qilib, tavallud ayyomi bilan qutlaydi. Yigitning qalbida yana umid paydo bo‘ladi. 

"Suhbat atigi ikki daqiqa davom etgan bo‘lsa-da, men uchun bu daqiqalar asrga tatigulik bo‘ldi", - deydi u.

Jayaprakashning tinchini buzgan yana bir qo‘ng‘iroq 2011 yilning noyabrida jarangladi. Uning do‘sti Sunita YTHga uchraganidan xabardor qiladi. Yigit uning yengil jarohat olganiga umid qilib, ikki kundan keyin qo‘ng‘iroq qildi. Sevimli ovozini eshitgandan keyin jasorat to‘plab, uning yoniga otlandi. 

O‘sha kuni kechqurun Jayaprakash qizdan unga turmushga chiqishni so‘radi. Yigit qizga o‘z his-tuyg‘ularini bayon qilib, u haqida qayg‘urishini aytadi. Qiz unga qo‘ng‘iroq qilganida yigit taklifini yana takrorlaydi. Qiz kulib qo‘yadi-yu, "yo‘q" demaydi. Jayaprakash bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ining yonida bo‘lish uchun Bangalorga ko‘chib o‘tadi, bu vaqt orasida qiz bir necha qayta tiklanish operatsiyalarini boshidan o‘tkazdi. 2014 yilning yanvarida ular to‘yga tayyorgarlikni boshlashdi. 

Foto:Facebook / BeingYou

Ko‘pchilik nima uchun ularga to‘y kerakligini tushunmadi. Ba'zilar hatto qizni farzand tug‘ish g‘oyasidan qaytarishga urinishdi, ularning onasidan farqli o‘laroq yuzi bo‘ladi, axir. Erkakning iqror bo‘lishicha, unga hali-hanuz Sunitaga uylanib xato qilgani haqida gapirishadi. Biroq uning ishonchi komil - Sunitaga uylangach, hayoti yaxshi tomonga o‘zgargan, u bir umrlik muhabbati bilan hayot rishtalarini bog‘ladi, axir. Hozir juftlikning ikki nafar farzandi bor va ular birgalikda o‘tkazilgan har bir kun uchun xursand bo‘lishadi. 

Mavzuga oid