Jahon | 20:35 / 03.10.2017
21114
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik general Rossiyani bosib turish uchun "harbiy Shengen" yaratishni taklif qildi

Foto: Ints Kalnins / Reuters

AQShning Yevropadagi kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Ben Xojyes Yevropa davlatlarini NATO kuchlarining ko‘chib yurishini soddalashtirish maqsadida maxsus transport va chegara qoidalari haqida kelishib olishga chaqirdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Generalning fikricha, bu NATO davlatlari tomondan Rossiya kabi agressorlarni bosib turish uchun zarur. "Agar bizning bosib turishimiz samarali bo‘lishini istasak, alyans kuchlari Rossiya kuchlaridan ko‘ra tezroq harakatlanishi kerak", deb aytdi Xojyes.

Uning aytishicha, NATO qo‘mondonligi "avtomagistallar, temir yo‘llar va hokazolar bo‘yicha harakatlanish uchun mavjud qoidalar doirasida bu tezlikni qanday olishi mumkinligini bilishni" istaydi.

Muammoni yechish uchun general Yevropaning 26 ta davlati kiruvchi va uning ichida odamlar va mahsulotlar chegarani tekshiruvsiz kesib o‘tishi mumkin bo‘lgan Shengen hududiga monand "harbiy Shengen" yaratishni taklif qildi.

14 sentabrda Vashington Germaniyadagi Ramshtayn bazasidan, ehtimol, suriyalik isyonchilarga qurol yetkazish uchun foydalanilgani ma'lum qilingandi. Bunda AQSh Germaniyadan ruxsat olishni "xayoliga ham keltirmagan". Nemis qoidalariga ko‘ra, Germaniya hududi orqali jangovar qurolni tashish uchun avval ruxsat olish kerak. Germaniya iqtisodiyot vazirligida 2010 yildan beri vazirlik Ramshtayn orqali qurollarni tashish bo‘yicha hech qanday ruxsat bermaganini aytgan.

Mavzuga oid