U uchib ketdi: Yerning ilk sun'iy yo‘ldoshi uchirilganiga 60 yil to‘ldi (foto)
60 yil muqaddam SSSRda Yerning ilk sun'iy yo‘ldoshi uchirilgan edi. 1957 yilning 4 oktabrida Moskva vaqti bilan soat 22:28 da insoniyat yangi kosmik eraga qadam bosdi. «Tura tam» poligoni — Bo‘lajak «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan tashuvchi raketa tungi osmon sari parvoz qildi va tarixda ilk bor birinchi kosmik tezlikka erishib, Yerning sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi. Uning signalini butun dunyodagi radiohavaskorlar qabul qilishdi. Yo‘ldoshning Yer atrofida aylanish davri 96 daqiqani tashkil etdi. U yer orbitasida 1958 yilning 4 yanvarigacha parvoz qilib, 1440 marta Yer atrofini to‘liq aylanib chiqdi va yuksak ilmiy ahamiyatga ega ko‘plab ma'lumotlarni yig‘ib berdi.
Mavzuga oid
11:21 / 23.09.2024
Yer “ikkinchi Oy”ga ega bo‘ladi, faqat bu vaqtincha davom etadi
00:49 / 15.09.2024
Eron Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi
00:32 / 18.08.2024
Britaniya birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirdi
09:12 / 10.08.2024