Rossiya va Braziliya o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini sanasi ma'lum qilindi
2018 yilning 23 martida Rossiya terma jamoasi Braziliya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda mashhur sport sharhlovchisi Nobel Arustamyan ma'lum qildi.
"Kuni kecha Moskva meri Sergey Sobyanin Moskvada Rossiya terma jamoasi "Spartak" stadionida Ispaniyaga qarshi o‘ynashi haqida xabar berdi. Bu haqiqat. Yana bir haqiqat shundan iboratki, Rossiyaning ikkinchi raqibi Argentina terma jamoasi ham bo‘lishi mumkin.
Rossiya Futbol federatsiyasi argentinaliklar bilan kelishdi, hattoki gonorar ham hal qilingan, biroq eng katta muammo – Argentinaning jahon chempionatiga saralash bosqichidagi ishlari yomon. Agarda ular o‘z saralash bosqichlarida to‘rt o‘rindan birini qo‘lga kiritsa, noyabrda poytaxtda Argentina terma jamoasini kuting.
Va aniq 23 mart kuni "Lujniki" o‘yingohida balki hamma kutadigan o‘yin o‘tkaziladi – Moskvaga Braziliya terma jamoasi keladi va Rossiyaga qarshi o‘ynaydi", – dedi sharhlovchi.
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
00:27 / 16.11.2019
O‘rtoqlik o‘yini. Messi Argentinaga Braziliya ustidan g‘alaba keltirdi
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018