Armaniston prezidenti fotosuratchisi Nazarboyevning noodatiy suratini taqdim etdi
Armaniston rahbari Serj Sarkisyanning shaxsiy fotosuratchisi David Akopyan Facebook’dagi sahifasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning noodatiy fotosuratini e'lon qildi.
«U MDH oqsoqoli. Uning yurishi juda ham ulug‘vor, nigohi kuchli. Shuning uchun bu surat yaxshi chiqdi. Menda Armaniston prezidentining fotosuratchisi sifatida ishlab kelayotgan yetti yillik faoliyatim davomida Nursulton Nazarboyevning ko‘plab suratlari bor. Ammo bunisi noyob», - deydi David Akopyan.
Tengrinews.kz saytiga bergan intervyusida, u kadrni MDH davlatlari rahbarlari zalga kirib kelayotgan vaqtida olganini aytib o‘tdi. Akopyanning so‘zlariga ko‘ra, u fotomuharrirlardan foydalanmagan.
«U yerda xonaga kirganingizda, yuqoridan keladigan nur odamning boshiga tushadi. Diafragmani yopasan, hamda shunda faqatgina markazdagi obekt qoladi", - deydi fotosuratchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bunga avvaldan tayyorgarlik ko‘rgan va dastlab Armaniston prezidenti Serj Sargsyanni shu tariqa suratga olishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Sochida MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi, shuningdek, Yevrosiyo Oliy iqtisodiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024