Fan-texnika | 02:07 / 15.10.2017
9064
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla kutilmaganda bir necha yuz xodimini ishdan bo‘shatib yubordi

Foto: KUN.UZ

Tesla kompaniyasi joriy haftada turli bo‘linmalarida ishlovchi bir necha yuz xodimini ishdan bo‘shatib yubordi. Bu haqda The Mercury News nashri xabar bermoqda. 

Nashr manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, bu bo‘shatishlar kutilmagan holat bo‘lgan, chunki ular haqida ogohlantirilmagan. 400 dan 700  gacha kishi, jumladan boshqaruvchilar va texnik xodimlar o‘z ish o‘rinlaridan mahrum bo‘lganlar.

Gap avvalambor Model X va Model S avtomobillarini ishlab chiqarish va SolarCity energetik kompaniyasi loyihalari ustida ishlagan xodimlar haqida ketmoqda.

Nashrning keltirishicha, Tesla vakillari bu bo‘shatishlar kompaniya unumdorligining yillik sharhi bilan bog‘langanini aytishgan.

"Boshqa istalgan kompaniyadagi kabi, unumdorlik haqidagi sharhlari ba'zida xodimlar bilan xayrlashishga olib keladi. Tesla o‘sishda davom etmoqda va butun dunyo bo‘ylab yangi xodimlarni qabul qiladi", deb aytilgan kompaniya matbuot xizmatida.
 

Mavzuga oid