Toyota nogironlar uchun ixcham prototip yaratdi
Toyota kompaniyasi "chayka qanotlari" shaklidagi eshiklar bilan jihozlangan Concept-i Ride kontsept-karining ilk suratlarini namoyish etdi. Modelning o‘ziga xos jihati - yo‘lovchi kreslosining harakatlanishida, mazkur kreslo hisobiga imkoniyatlari cheklangan odamlarning salonga kirishi osonlashadi.
Yangi prototipning gabarit uzunligi - 2500 millimetr, kengligi - 1300 millimetr, balandligi - 1500 millimetrni tashkil qiladi. Kontsept-kar salonida ikki kreslo o‘rnatilgan bo‘lib, unda nogironlar aravachasini saqlaydigan maxsus joy ham bor. Concept-i Ride elektr quvvati bilan jihozlangan, u bir martalik zaryadda 150 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi.
Model shuningdek kuzovning old va orqa qismlarida tashqi LED-panellar bilan ta'minlangan.
Kontsept-kar joystik bilan boshqariladi. Uning yordamida haydovchi avtomobil yo‘nalishini o‘zgartirishi hamda uning tezligini boshqarishi mumkin.
Ta'kidlash joizki, Toyota 2015 yilda imkoniyati cheklangan kishilar uchun Sienta kompaktvenining maxsus versiyasini taqdim etgandi. U harakatlanuvchi pandus bilan jihozlangan edi.
Mavzuga oid
15:53 / 01.03.2024
Bir yilda 10 million avtomobil sotib rekord o‘rnatgan kompaniya – Toyota muzeyiga sayohat
21:25 / 25.02.2024
Bolalik orzusidan jahon sahnasigacha. Toyota tarixi haqida
12:00 / 13.08.2023
Toshkentda Toyota Tashkent City dilerlik markazi ochildi
07:35 / 27.07.2023