Jahon | 09:20 / 20.10.2017
6726
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya imperatori taxtdan voz kechishga shoshilmaydi

Foto: EPA/KIYOSHI OTA

Yaponiya hukumati mamlakat imperatori Akixito 2019 yil mart oyi oxirida taxtdan voz kechishi haqidagi xabarlarni rasman rad etdi. 

"Bu haqiqatga mos kelmaydi", - degan vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Tokioda tashkil etilgan matbuot anjumanida.

"Manfaatdor idoralar bu masalani o‘rganishda davom etmoqda, - degan u. – Biz taxtni topshirish silliq va o‘z muddatida o‘tishi uchun barcha kuchimizni sarflaymiz". Bosh kotib, shuningdek, tez orada imperator oila a'zolarining kengashi chaqirilishini va unda davlat rahbarining nafaqaga chiqishi muddati muhokama qilinishini ham inkor etdi.

Avvalroq, imperator Akixito 2019 yil mart oyi oxirida taxtdan voz kechishi haqida xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid