Germaniya prezidenti hukumatni tarqatib yubordi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer avvalgi vazirlar mahkamasi a'zolariga bo‘shash haqidagi yorliqlarni topshirdi va ularga hukumatda olib borgan muvaffaqiyatli ishlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Marosim prezidentning rasmiy qarorgohi – Belvyu saroyida bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq Shtaynmayyer kansler Angela Merkelga yangi vazirlar mahkamasi shakllanguncha hukumat rahbari majburiyatlarini bajarib turish iltimosi bilan murojaat qilgan. Hukmron koalitsiyani shakllantirish bo‘yicha dastlabki muzokaralar 18 oktabrda boshlangan va Merkelning aytishicha, bir necha hafta davom etadi.
24 oktabrda 19-chaqirikdagi bundestagning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida moliya vaziri Volfgang Shoyble parlament prezidenti etib saylangan. Shuningdek, 5 nafar vitse-prezident tanlangan, "Germaniya uchun alternativa" partiyasidan 6-nomzodni tasdiqlashning iloji bo‘lmagan.
Mavzuga oid
23:02 / 01.12.2022
Shols Bundesverda o‘q-dori tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi
07:20 / 30.11.2022
Germaniya Ukrainaga 65 million yevro va generatorlar ajratadi
12:03 / 26.11.2022
Germaniyaga Rossiya vizasiga ega noqonuniy muhojirlar oqimi keskin oshdi
08:14 / 25.11.2022