Politsiya terrorchi Nyu-Yorkdagi teraktga bir necha hafta davomida tayyorlanganini ma'lum qildi
31 oktabrda kunduzi Nyu-York markazida sodir etilgan hujum ijrochisi Sayfullo Soipov unga bir necha hafta davomida tayyorgarlik ko‘rgan. Bu haqda shahar politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Jon Miller ma'lum qildi.
"Tergovga ko‘ra, gumonlanuvchi teraktga bir necha hafta davomida tayyorgarlik ko‘rgan va uni IShID nomidan amalga oshirgan", deb aytgan Miller jurnalistlarga.
Teraktni amalga oshirishda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 29 yoshli Sayfullo Soipov gumon qilinmoqda. U pikap mashinasida Manxettenda piyodalarni bosib ketgan. Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, o‘ndan ko‘proq odam jarohat olgan. Soipovning o‘zi qo‘lga olinishi vaqtida yaralangan. Hozirda u shifoxonada bo‘lib, tergovchilar tomondan so‘roq qilinmoqda.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024
Turkiya poytaxtida terakt uyushtirganlarning shaxsi aniqlandi
01:02 / 24.10.2024