Mogerini: Markaziy Osiyo ko‘mak qabul qiluvchi emas, iqtisodiy hamkorlarimizga aylanmoqda
Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini «Yevroittifoq Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan, nafaqat, boy tajribalarini o‘rtoqlashish hamda ko‘mak berish, balki mintaqani to‘la qo‘llab-quvvatlashga, har bir davlat manfaatlarini himoya qilishga tayyor»ligini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
10 noyabr kuni Samarqand shahrida tashkil etilgan «Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyada nutq so‘zlagan Federiko Mogerini mintaqadagi hamkorlikka oid Yevroittifoqning aniq pozitsiyasini bildirdi.
«Ko‘p masalalar mahalliy darajadan yirik muammoga aylanmoqda. Buning uchun, albatta, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish yorug‘ kelajakning asosiy omili hisoblanadi. Biz hamkorlikning har qanday shaklida mintaqa bilan birgamiz.
Avvalo, hamkorlikning xavfsizlik shakliga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Shu o‘rinda Yevropada mavjud va uzoq yillar ichida rivojlanib kelgan ko‘ptomonlama, ikkitomonlama diplomatik munosabatlar yutuqlarini eslash o‘rinli bo‘ladi. Bishkekda o‘tgan yig‘ilishda Yevroittifoqning Afg‘oniston masalasidagi pozitsiyasi aniq keltirib o‘tildi. O‘ylaymanki, mamlakatdagi turli omillar faqat o‘zaro anglashuv va hamkorlik orqali ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Ayni paytda, biz tahlikali va murakkab zamonda yashamoqdamiz. Balki bu sovuq urushdan keyingi vaziyat eng keskinlashgan paytdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari esa ko‘mak qabul qiluvchi emas, iqtisodiy hamkorlarimizga aylanmoqda», deydi u.
Mavzuga oid
15:14
Markaziy Osiyoda O‘zbekistonning oziq-ovqat bo‘yicha tashqi savdosidagi yetakchi davlat aytildi
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
20:54 / 11.11.2024