O‘zbekiston | 11:34 / 23.11.2017
14124
2 daqiqa o‘qiladi

VALLABA JEWELLERY – zargarlik dunyosidagi yetakchi brend

Foto: VALLABA JEWELLERY

O‘zbekiston hukumatining mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga katta e'tibor qaratayotgani ko‘plab xorijiy kompaniyalarni qiziqtirib qo‘ydi. Mana shunday zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kompaniyalardan biri - Dubayda asos solingan  VALLABA JEWELLERY.

Bugungi kunda VALLABA JEWELLERY kompaniyasi Arab Amirligidagi yetakchi kompaniyalar orasida munosib o‘rinni egallagan bo‘lib, o‘z biznesini shuningdek, Buyuk Britaniya, AQSh, Rossiya kabi mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli rivojlantirib kelmoqda. 

Kompaniyada yuqori malakali va mahoratga ega mutaxassislar jamoasi ishlaydi. Ularning professionalligi va mohirligi natijasida yaratiluvchi eksklyuziv zargarlik taqinchoqlariga nozik did sohiblari hamda sifatni qadrlovchilar orasida talab yuqori.  

Kompaniya asoschisi hindistonlik tadbirkor Pradip Kumar Jyeyn hisoblanadi. U Nyu-Dehlida boy tajriba va mislsiz mavqega ega bo‘lgan zargarlar oilasining vakilidir. Pradip Kumar ayni damda o‘zining yuqori sifatdagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi  VALLABA JEWELLERY fabrikasiga boshchilik qiladi. 

Foto: VALLABA JEWELLERY

Bugungi kunda VALLABA JEWELLERY O‘zbekistonning Luxury Gems Group kompaniyasi bilan hamkorlikdagi faoliyat bo‘yicha memorandum imzoladi. Memorandum o‘z ichiga Asaka Bank tomonidan boshqariluvchi zargarlik korxonasini ochish, Toshkent shahridagi nofaol zargarlik zavodida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, zamonaviy zargarlik uskunalarini yetkazib berish, zargarlik mahsulotlarining dizaynini ishlab chiqishni ko‘zda tutgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytamizki, VALLABA JEWELLERY brendi yuqori sifat va dizaynga ega jahon miqyosidagi zargarlik fabrikasi yaratishda muvaffaqiyatli tajriba va boy bilimga ega. Umid qilamizki, yangi zavod O‘zbekistonda muvaffaqiyat qozonadi va o‘zimizning milliy zargarlik sanoatini xalqaro e'tirofga sazovor bo‘lishida munosib hissa qo‘shadi.

Mavzuga oid