Toshkentda yana bir masjid barpo etilishi boshlandi
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yana bir masjid qayta ta'mirlanib, uning yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Toshkent shahrining Fayziobod mahallasida joylashgan “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi dastlab 1962 yilda qurilgan. Sobiq ittifoq davrida masjid deyarli faoliyat yuritmagan. 1991-1992 yillarda Fayziobod mahallasida istiqomat qilgan Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja hojining xayrli tashabbusi hamda mahalla ahli va faollari ishtirokida hashar yo‘li bilan qayta tiklanib, ta'mirlangan. 1997-yilda masjidga “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi nomi berilgan. 1999-yildan jome masjid sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘tgan davr mobaynida masjid binosi eskirganligi, bugunda ta'mirtalab holga kelib qolganligi tufayli mahalla ahli ezgu niyat bilan masjidni qayta qurish taklifini olg‘a surishdi. Va bu xayrli tashabbus qo‘llab-quvvatlangach, shu yilning avgust oyida qayta qurish ishlari boshlab yuborilgan edi.
Joriy yilning 2 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidning yangidan qurilishi rejalashtirilgan binosi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, masjid tashabbuskorlari va mahalla faollari qatnashdi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024