Qirg‘izistonning yangi prezidenti O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov yaqin kunlarda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish vaqtida aytib o‘tdi.
«Bir yil ichida hamma qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarni yaxshilashga erishmoqdamiz. Qo‘shnilarimizga yon berib, yaxshi gapirishimiz, munosabatni boshqacharoq qilishimiz kerak. Kelgusida Qirg‘izistonning yangi prezidenti O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini bildirdi, biz qabul qildik. Muammolarimiz bo‘lgan bo‘lsayam, qo‘shnimiz», degan prezident.
Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongandi. U 24 noyabr kuni lavozimga kirishdi va birinchi davlat tashrifini Rossiyaga, 29 noyabr kuni amalga oshirdi. Keyinroq u Qozog‘istonda ham bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida Qirg‘izistonga tashrifni amalga oshirgandi. Keyinroq, 5-6 oktabr kunlarida qo‘shni davlatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekistonga keldi.
U partiyadoshi Sooronbay Jeenbekovni o‘z ishi davomchisi deb atagan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024