Butun bir qishloq ahli filni qutqarishga oshiqdi (video)
Hindistonning Kerala shtatida loyda botib qolgan 20 yoshli filni qutqarishga butun bir qishloq ahli keldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Filni uning yonidan o‘tib ketgan poyezd hurkitib yuborgan. Fil bundan qochishga tushib, temir yo‘ldan 1,5 km uzoqlikda loyga botib qolgan. Mahalliy aholi uni o‘sha yerda payqab qolgan.
Filni qutqarishga butun qishloq kelgan. Filning boshi va oyoqlariga arqonlar tashlanib, uni traktor yordamida loydan chiqarib olishgan.
“Bu fillar odamlarning yaqinligidan vahimaga tushib, nazoratdan chiqayotgan, Keralada oxirgi 4 oy ichidagi uchinchi shunday holatdir”, deb aytgan tabiat qo‘riqchisi Rajiv Kurup. Uning ta'kidlashicha, bunga shtatda boshlangan festivallar mavsumi ham sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
14:25
O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzoladi
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
21:03 / 27.09.2024
Botsvana ocharchilik tufayli 20 ming filni o‘ldirmoqchi
15:07 / 27.09.2024