Apple kompaniya tarixidagi eng qudratli kompyuter sotuvlariga start berdi
Apple 14 dekabr kuni butun dunyo bo‘ylab yangi iMac Pro kompyuterlari sotuvi haqida e'lon qildi.
Apple o‘zining yangi kompyuterini kompaniya tarixidagi eng qudratli Mac deb atamoqda. AQShda kompaniya 8-,10-, 14- va 18-yadroli Intel Xeon W protsessor va maksimal 16 Gb grafik xotirali Radeon Vega videokontrollerli konfiguratsiyalarni taklif qiladi. Ichki xotira hajmi esa 1-4 Tb, operativ xotira esa 32 Gb'ni tashkil qiladi.
Kompyuterda to‘rt USB 3.0 porti, to‘rt Thunderbolt 3 porti, 10 Gbit'li Ethernet porti, shuningdek quloqchinlar uchun 3,5 mm'li o‘yma va SDXC kartasi uchun slot mavjud.
Ta'kidlash joizki, Apple o‘zining iMac Pro kompyuterini birinchi marta 2017 yilning iyunida WWDC 2017 anjumanida namoyish qilgandi.
AQShda maksimal konfiguratsiyali iMac Pro 13 199 dollarga baholansa, minimal konfiguratsiyasi 4 999 dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:46 / 11.10.2024
Xitoyda iPhone ishlab chiqaruvchi zavod xodimlari hibsga olindi
20:57 / 07.10.2024
Apple yangi qurilmalarni har yili chiqarishni to‘xtatadi - OAV
21:11 / 05.10.2024
6 ming soxta iPhone bilan Apple kompaniyasini chuv tushirgan firibgarlar jazolandi
22:57 / 28.09.2024