Tiklandi. Dunyodagi eng yirik aeroportga chiroq keldi
Dunyoda eng ko‘p yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi Atlanta aeroportidagi elektr ta'minoti butunlay tiklandi. Bu haqda shahar meri Qosim Rid xabar bergan. Bu yerda avvalroq elektr energiyasi bilan kelib chiqqan muammolar tufayli 1,1 mingdan ortiq reys bekor qilingandi.
Atlanta aeroporti yakshanba kuni kechqurun ishini qisman to‘xtatdi va reyslarni qabul qilmay qo‘ydi. Keyinchalik o‘t o‘chiruvchilar aeroport barcha reyslarni bekor etgani, yo‘lovchilar esa evakuatsiya qilingani haqida xabar berishdi. Energetiklar aeroportdagi elektr ta'minoti tizimini yarim tunga (Toshkent vaqti bilan soat 10:00) qadar to‘liq tiklashni rejalashtirishgandi.
"Barcha elektr ta'minoti to‘la hajmda tiklandi", - deya yozgan Rid Twitter’dagi sahifasida.
Qo‘shma Shtatlarning Jorjiya shtatida joylashgan Atlanta xalqaro aeroporti dunyoda eng ko‘p yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi aeroport sanaladi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, bu yerdagi yo‘lovchilar oqimi 104 million kishini tashkil etgan.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
12:10 / 10.10.2024