O‘zbekiston | 17:44 / 19.12.2017
13178
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur lavozimga hozirga qadar Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan Bobur Baxtiyorovich Azizov tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat G‘aniyevich Fozilov lavozimidan ozod etilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid