Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi yangi ish bo‘yicha sudlanmoqda
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Nartay Dutbayev yangi ish bo‘yicha sudlanmoqda.
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasida avval sudlangan Dutbayev va yana 2 kishiga nisbatan ishning tafsilotlari ma'lum qilindi.
“2017 yil 9 noyabrda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov departamenti tomondan Nartay Dutbayev, Rustembek Dutbayev va Orinbasar Kalkabayevlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish Bosh harbiy prokuraturaga jo‘natilgan”, deb ma'lum qilingan MXQda.
Ta'kidlanishicha, ayblanuvchilar 16 noyabrda sud oldida javob berishni boshlashgan. “Ayni vaqtda ish Oqmola garnizoni harbiy sudi tomondan qo‘rib chiqilmoqda. 2017 yil 28 oktabrdagi tergov davomida sud ruxsati bilan bu shaxslarga nisbatan hibsga olish ko‘rinishida ehtiyot chorasi qo‘llangan”, deyilgan xabarda.
Avvalroq MXQda ayblanuvchilarga nisbatan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkni qonuniylashtirish, hokimiyat va xizmat mavqeini suiiste'mol qilish, ishonib topshirilgan mulkni o‘g‘irlash holatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma'lum qilingan.
Nartay Dutbayev yozda davlat sirlarini oshkor qilish va xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilishda aybdor deb topilib, 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024