Ayrim turdagi xizmatlarda endi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari so‘ralmaydi
2017 yil 20 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1001-son qarori bilan 52 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslardan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarini olish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Hujjatda qayd qilinishicha endilikda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi organ tomonidan tasdiqlanib, asl nusxa qaytarib beriladi.
Hujjat nusxalarini notarial tasdiqlatish amaliyoti chet eldagi harakatlar uchun zarur bo‘lgan, xorijiy davlatlar organlari tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, apostil qo‘yiladigan va belgilangan tartibda legallashtiriladigan, shuningdek, qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hujjatlar uchungina saqlanib qolinmoqda.
Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.