Namibiya Bosh vaziri o‘rinbosari avtohalokatda omon qoldi
Namibiya Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri payshanba kuni yuz bergan avtohalokatda tirik qolgan. Politsiya tarqatgan ma'lumotga tayanib mahalliy nashrlarning xabar berishicha, ularga hamrohlik qilgan uch nafar shaxs voqea joyida halok bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, mamlakat shimolida yuz bergan voqeada oq rangli yuk mashinasi Bosh vazir o‘rinbosari Netundo Nandi-Ndaitva harakatlanib ketayotgan eskort bilan to‘qnashib ketgan.
Namibian Sun nashrining xabar berishicha, Nandi-Ndaitva og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozircha uning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda. Payshanba kuni oqshomda uni poytaxtdagi shifoxonalardan biriga vertolyot orqali olib borish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
23:27 / 28.08.2024
Namibiyada qurg‘oqchilik tufayli 700 dan ortiq yovvoyi hayvon o‘ldiriladi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024