Yaponiya o‘z hududida AQSh RQM nega joylashtirilganini ma'lum qildi
Raketalarga qarshi yer usti mudofaa tizimi Yaponiya va uning fuqarolari himoyasiga qaratilgan bo‘lib, Yaponiya tomonidan boshqariladi hamda qo‘shni mamlakatlarga tahdid uyg‘otmaydi. Bu haqda RIA Novosti Yaponiya TIV bayonotiga asosan xabar bermoqda.
"Birinchi navbatda shuni aytish kerakki, biz OAV orqali tarqalgan bayonotlarga izoh bermaymiz. Yaponiyada Aegis Ashore RQM tizimining joylashtirilishiga kelsak, mamlakatimizning raketalarga qarshi mudofaasi faqat mudofaa tizimi sanaladi. U bizning fuqarolarimiz hayoti va mulkini himoya qilishga yo‘naltirilgan, davlatimiz uni boshqarmoqda, u Yaponiya atrofidagi boshqa mamlakatlarga tahdid uyg‘otmaydi", - deya ma'lum qilgan Yaponiya TIV vakili.
Shu bilan birga, TIVdan ta'kidlashlaricha, Yaponiya hamon to‘rt orol qaysi davlatga tegishli ekani borasida qat'iy muzokaralarni olib borish hamda Rossiya bilan tinch shartnomani imzolash niyatida.
Yaponiya hukumati 19 dekabr kuni mamlakat hududida Amerikaning ikkita Aegis Ashore raketalarga qarshi yer usti mudofaa majmuasini joylashtirish haqida qaror qabul qildi. Ularni mamlakat shimolidagi Akita prefekturasi va janubi-g‘arbdagi Yamagutida joylashtirish rejalashtirilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ularning harakat radiusi davlatning butun hududini qamrab oladi. Har bir qurilma Yaponiyaga taxminan 890 mln dollarga tushadi. Tokio ular 2023 yilga qadar ishga tushishidan umid qilmoqda.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024