O‘zbekiston | 14:58 / 30.12.2017
33226
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Sergelida metro va yangi ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi avjida

Toshkent shahrining Sergeli tumanida metropoliten yo‘nalishini barpo etish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Bu haqda batafsil Kun.uz nashri 2017 yilning yanvar oyida qurilishning dastlabki bosqichi vaqtida tayyorlangan fotoreportaj orqali ham xabar bergan edi. 

Ushbu yer usti yo‘nalishining uzunligi 8 km atrofida bo‘ladi va Chilonzor yo‘nalishining «Olmazor» metro bekatidan Sputnik mavzesiga qadar davom etadi. Jami 6 ta bekat barpo etiladi. U Choshtepa, Mirzo Tursunzoda va Qipchoq ko‘chalaridan Sputnik mavzesidagi Marli ko‘chasiga qadar cho‘ziladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish ishlari 4 yilga yaqin muddatda yakunlanadi.

Shuningdek, kuni kecha Kun.uz manbasi qator yangi metro stansiyalarining ishchi nomlari haqida ham ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, Sergeli liniyasidagi yangi stansiyalarning ishchi nomlari  - Ippodrom, Olmazor, Choshtepa, Tursunzoda, Sergeli, Ehtirom.

Shuningdek, tumanda bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan, eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta'minlanadigan ko‘p qavatli uylarni bunyod etish ishlari ham jadal ketmoqda. 

Kun.uz muxbiri qariyb bir yildan so‘ng, qurilish maydonida bo‘lib, maxsus fotoreportaj tayyorladi.

Bayram kunlari ham javlon urib, mehnat qilayotgan bunyodkorlarimizga kuch-quvvat tilab qolamiz. 

Kun.uz muxbiri Feruza Avazova

Mavzuga oid