Light | 22:40 / 05.01.2018
30826
3 daqiqa o‘qiladi

Geyts o‘z biznesini bugun boshlaganida qaysi sohani tanlagan bo‘lardi?

Foto: Getty Images

Microsoft hammuassisi Bill Geyts LinkedIn'ga bergan intervyusida kelgusida mehnat bozorida eng talabgor bo‘lishi kutilayotgan bilimlarni sanab o‘tdi. "Men asosiy ilmiy bilimlar, matematik ko‘nikmalar va iqtisodiy bilimlar kelgusida turli sohalarda talabgor bo‘ladi, deb o‘ylayman", deya ta'kidladi milliarder. 

Shuningdek u kod bilan yozishni bilish zarur emasligini qo‘shimcha qildi. Ishlab chiqaruvchilar qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini anglashning o‘zi yetarli. "Ushbu uch sohada ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kishi har qanday korxonada ishlay oladi", - deya ta'kidladi Geyts.

Iqtisodiyot, muhandislik va ilm-fan — bilimlar asosi, deb hisoblaydi milliarder. U o‘zining Twitter mikroblogida hatto kelgusida mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lganlarga yanada aniq maslahatlar ham beradi. Geyts sun'iy intellekt, biologiya fanlari yoki energetika sohalarida karera qurishni tavsiya qiladi. "Agar bugun ish boshlagan bo‘lganimda, aynan shularning birini tanlagan bo‘lardim", - deydi u.

Foto: Getty Images

Bill va Melinda Geytslar fondi shu sohalarning kamida ikkitasining rivoji bilan shug‘ullanadi — biologiya fanlari va energetika. Tashkilot sof energetika sohasidagi startaplarga sarmoya kiritadi. Noyabr oyida fond bir vaqtning o‘zida ham energiya ishlab chiqaruvchi, ham suvni tozalovchi NEWgenerator qurilmasining ishlanishi uchun 1,14 million dollar ajratdi, 2016 yilda esa o‘zining barcha aksiyalarini BP neft-gaz kompaniyasiga sotdi. Shu bilan birga, biologik bilimlar ham Geytslar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Fond poliomiyelit va malyariya bilan kurashishga pul ajratmoqda hamda vaksinalarni rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqatmoqda. 

Ta'lim — Bill Geyts qiziqishlarining yana bir obekti. Kuz oylarida u davlat maktablariga 1,7 milliard dollar kiritdi — pullar ta'limga yangicha yondashuvlar va ta'lim tizimi rivojiga safarbar etiladi. Bundan avval Bill va Melinda Geyts fondi Common Core milliy ta'lim standarti rivojiga 3,4 milliard dollar sarflagan. 

Mavzuga oid