Jahon | 15:30 / 14.01.2018
13177
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya armiyasi Suriya shimolidagi kurdlarga hujum qilmoqda

Foto: Anadolu

Turkiya Qurolli kuchlari o‘tgan kun davomida Suriya shimoli-g‘arbidagi Afrin tumanida suriyalik kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari (YPG) nazorati ostidagi hududlarga kamida 40 marta zarba berdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Turkiyaning Xatay viloyatidagi artilleriya kuchlari tomonidan zarbalar yo‘llangan. 

Bu zarbalar Turkiyaning chegara hududi o‘qqa tutilganiga javoban berilgan. Javob zarbalari kurdlarning Basufan, Jinder, Memelen, Meskenli va Rajo tumanlariga berilgan.

Bundan vvalroq Anqara YPG’ni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Vashingtonni bir necha bor tanqid qilgan edi. Turkiya kurdlarning bu tashkilotini Kurdiston ishchilar partiyasi qatorida terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi.

Mavzuga oid