Jahon | 18:30 / 18.01.2018
58211
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus Rossiyaning qaysi shahriga ketayotgan bo‘lgani aytildi

Foto: Tengrinews

Qozog‘istonda ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yonib ketgan avtobus Chimkent shahridan Rossiyaning Qozon shahriga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘istonning Investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vazirligi xabar qilmoqda.

«1989 yilda ishlab chiqarilgan, 59 kishilik sig‘imga ega, X335RSM raqamli KassbohrerSetra avtobusi Chimkent – Qozon shahri yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro yo‘lovchi tashuvini amalga oshirayotgan bo‘lgan», - deyiladi idora xabarida.

Muntazam yo‘nalishlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan avtobus keltirilmagan, u doimiy yo‘lovchi tashuvlari uchun litsenziya olmagan. «Ish ijara asosida olib borilgan bo‘lishi mumkin», - deya ta'kidlab o‘tishgan vazirlikdan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan bosh vazir rahbarligida maxsus hukumat komissiyasi tuzilgani, uning tarkibidan Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa muassasalar vakillari o‘rin olishgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid