Turkiya Afrindagi amaliyotlar bilan cheklanmaydi
Turkiya Suriya bilan chegara hududidagi «terrorchilar»ga qarshi harbiy amaliyotlarni kengaytiradi. Bu haqda prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma'lum qilgan.
«Zaytun butog‘i» amaliyotini boshlab, biz bu mintaqadagi mavjudligini kengaytirmoqchi bo‘lgan turli kuchlarning o‘yinlarini buzdik.
Manbijdan boshlab chegaraning butun hududlari bo‘ylab joylashgan hududlarni terrorchilardan tozalaymiz va o‘z xavfsizligimizni ta'minlaymiz», degan Turkiya prezidenti Anqarada mahalliy ma'muriyat rahbarlari qarshisidagi chiqishi chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afrindagi harbiy amaliyot boshlanganidan beri Turkiyaning yo‘qotishi 7-8 nafarni tashkil qiladi, bu vaqtda dushman tomonning yo‘qotishlari 268 kishidir.
Shu bilan bir vaqtda, Suriyada turklarga qarshi urushayotgan kurdlar Turkiya va turkparast kuchlarning yo‘qotishlari 200 kishidan ortib ketganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
08:30 / 24.10.2024
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasining Suriya va Iroqdagi obektlariga zarba berdi
15:50 / 17.10.2024