O‘zbekiston | 11:18 / 25.01.2018
65814
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati prokurori o‘zgardi

Foto: Prokuratura.uz

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan G‘ayratjon Sobirovich Fozilov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Shu paytga qadar ushbu viloyat prokurori sifatida ishlab kelgan adliya katta maslahatchisi Muzaffar Eminovich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning ikki viloyatiga yangi prokurorlar tayinlangandi.

Mavzuga oid