Honduras prezidenti ikkinchi prezidentlik muddatini bajarishga kirishdi
Xuan Orlando Ernandes Honduras muxolifatining uzoq davom etayotgan noroziliklariga va mamlakatda yuqori xavfsizlik choralari ko‘rilgan vaziyatda 27 yanvarda ikkinchi muddatga Honduras prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi.
Marosim mamlakat poytaxti Tegusigalpadagi markaziy stadionda prezident tarafdorlari va xorijiy delegatsiyalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Stadion atrofida noroziliklar bo‘lishi ehtimoliga bir nechta xavfsizlik halqalari tizib chiqilgan.
“Mening va'dam – barcha uchun xizmat qilish va men bugun barcha hondurasliklar o‘rtasida yarashuv jarayonini boshlashga va'da beraman. Rahmat, Honduras xalqi”, deb aytgan Ernandes nutqi davomida.
Muxolifat va uning yetakchisi, prezident saylovlarida yutqazgan Salvador Nasralla o‘z tarafdorlarini inauguratsiya marosimiga xalaqit qilish uchun stadionga marsh bilan borishga chaqirgan. Tegusigalpaning turli tumanlarida erta tongdan Ernandesning prezident lavozimini bajarishga kirishishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan, namoyishchilar turli ofis binolarini ostin-ustun qilib, ularga o‘t qo‘yishgan. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun bir necha marta ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘llashgan.
Ernandes mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilingan 1982 yildan keyin ketma-ket ikki muddat prezident bo‘layotgan birinchi Honduras prezidenti bo‘ldi. U 2013 yilda birinchi saylovlarida jinoyatga qarshi kurash shiori ostida ishtirok etgan. O‘shanda jinoyatchilik darajasi juda yuqori bo‘lgan (yiliga 100 ming kishiga 75 ta qotillik). Prensa portalining ma'lum qilishicha, Ernandes prezidentligi vaqtida bu ko‘rsatkich 43 taga tushgan. Mamlakat byudjyeti defitsiti esa 7,9 foizdan 3,2 foizgacha kamaygan.
Mamlakatdagi navbatdagi prezidentlik saylovlari 26 noyabrda bo‘lib o‘tgandi. Ulardan qoniqmagan muxolifat ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan kuchli noroziliklar tashkillashtirgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar davomida 30 kishi halok bo‘lgan. Namoyishchilar ikkinchi bosqich o‘tkazilishi va ovozlar qayta hisoblanishini talab qilishgan. Shunga qaramay Ernandes 19 yanvarda prezident guvohnomasini olgan.
Mavzuga oid
17:34 / 15.12.2024
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatildi
22:08 / 04.12.2024
Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi
18:25 / 02.07.2024
“Eron prezidentligiga nomzodlarga aholi ishonchiga kirish uchun vaqt kamlik qildi” - Azim Umidiy
09:37 / 11.10.2023