AQSh «Kreml hisoboti»ni e'lon qildi. Ro‘yxatda Usmonov va Abramovich ham bor
AQSh Moliya vazirligi «Kreml hisoboti»ni e'lon qildi, deyiladi vazirlik xabarida.
Ro‘yxatda rossiyalik 96 tadbirkor va 114 siyosatchi bor.
Ta'kidlanishicha, ro‘yxat sanksiya ko‘rinishida emas hamda unga kiritilgan shaxslarga nisbatan qandaydir cheklovlar joriy etilishini nazarda tutmaydi.
Qayd etilishicha, ro‘yxatdan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, moliya vaziri Anton Siluanov, energetika vaziri Aleksandr Novak, iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev bor. Bundan tashqari, ro‘yxatga Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich, FVV rahbari Vladimir Puchkov, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov kiritilgan.
Xabarlarga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligining «Kreml hisoboti»ga Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham kiritildi.
Shuningdek, hisobotda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, prezident ma'muriyati rahbari Anton Vayno, Putinning yordamchisi Vladislav Surkov, tadbirkorlar Alisher Usmonov, Roman Abramovich, Suleyman Kerimov va «Laboratoriya Kasperskogo» asoschisi Yevgeniy Kasperskiy nomi tilga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti Qo‘shma Shtatlarning sanksiyalar dasturi Rossiya «provokatsion va beqarorlashtiruvchi» harakatlarni to‘xtatmagunga qadar davom etishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
20:49 / 29.10.2024
Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lishi mumkin
15:10 / 14.10.2024
Bild: Usmonov ARD jurnalisti ustidan prokuraturaga ariza berdi
23:45 / 11.10.2024