O‘zbekiston | 10:30 / 09.02.2018
16767
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi harbiylarga xizmat avtomashinalari topshirildi

Foto: Samarqand viloyat hokimligi

Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy maydonida viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda uning tuman va shahar bo‘limlariga "Prezident sovg‘asi" - xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasiga Captiva hamda tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlariga Nexia rusumli xizmat avtomashinalari berildi.

Avtomashinalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov va viloyat hokimi T. Jo‘rayev tantanali topshirib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ta'kidlab o‘tishdi.

Prezidentimiz sovg‘asi – xizmat avtomashinalari har bir mahallaga borib, o‘z vaqtida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib, chaqiriluvchilarga tushuntirishlar berib, chaqiruvlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi

 

Mavzuga oid