«O‘zstandart» «Halol» standarti bo‘yicha sertifikatlashni joriy etmoqda
«O‘zstandart» agentligi «Halol» oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha umumiy qo‘llanma O’z DSt 3286:2018 davlat standartini amalga kiritdi. Yaqin kunlarda Mahsulotni sertifikatlash bo‘yicha organlar uchun tegishli Qo‘llanma chiqariladi.
«Halol» standartlari mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markirovka qilish jarayonlariga Islom qonunlariga binoan talablarni belgilaydi.
Standartlarning joriy etilishi mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirish hamda ziyorat turizmini rivojlantirishga yordam beradi.
Mazkur ishlar Xalqaro standartlarni joriy etish va keyinchalik ularni respublikada qo‘llash dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda, deb yozadi norma.uz.
Mavzuga oid
16:14 / 31.08.2024
O‘zbekiston va Malayziya "Halol" sertifikatini joriy etishni muhokama qildi
13:24 / 26.04.2024
Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi
15:23 / 04.04.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
11:51 / 01.04.2024