Soros Brexit’ga xalaqit berish uchun pul ajratdi
Amerikalik milliarder Jorj Soros Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi (Brexit) bilan kurash olib olib borayotgan guruhga qo‘shimcha pullar ajratishga va'da berdi. Guruh bu qadamga qarshi jamoatchilik fikrini tiklashga urinmoqda, deb xabar qildi Independent.
Xabar qilinishicha, Soros bir hafta muqaddam ushbu maqsad uchun 400 ming funt sterling xayriya qildi. Bu esa Brexit tarafdorlarining qat'iy noroziligiga sabab bo‘ldi.
Taxminlarga ko‘ra, bunday investitsiyalar haqidagi qaror milliarder Londondagi uyida nufuzli olti nafar konservator bilan uchrashganidan so‘ng qabul qilingan.
Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, Sorosning boyligi 25,2 mlrd dollar (18 mlrd funt)ga baholanadi, u dunyodagi eng badavlat insonlar ro‘yxatida 29-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024