Kim Chen Inning singlisi farzand kutayotgani ma'lum qilindi
KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon farzand kutmoqda. Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasiga a'zo bo‘lgan Yo Chjon homilador ekani haqida Yaponiyaning «Iomiuri» gazetasi Pyongchangdagi olimpiadaga tashrif buyurgan KXDR delegatsiyasidagi vakillardan biriga asosan xabar berdi.
Avvalroq Kim Yo Chjon homilador ekani haqida «Ryonxap» agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar tarqatgandi.
Avvalroq Shimoliy Koreyaning rasmiy rahbari Kim Yon Nam va mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaga tashrifini yakunlagani va ortga qaytib ketgani xabar berilgandi. Delegatsiya Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va bosh vazir Li Nak Yon bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Mavzuga oid
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
21:18 / 11.10.2024
Janubiy Koreya yetti yil ichida ilk bor Taurus raketalaridan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazdi
18:21 / 11.10.2024
Ukrainada KXDR askarlari jang qilyaptimi - va ular Rossiya armiyasiga qanday yordam bera oladi?
20:32 / 09.10.2024