Jahon | 08:12 / 24.02.2018
5023
1 daqiqa o‘qiladi

Somalidagi teraktda 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Somali poytaxti Mogadishoda 23 fevral kechki payt sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Mogadishoda portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan ikkita mashina portlatilgach, ketidan otishma boshlangan. Bir mashina prezident saroyi yaqinida, boshqasi mehmonxona oldida portlatilgan.

“Ayni vaqtga kelib 18 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi yaralangan”, deb ma'lum qilgan shifokorlar.

2017 yil 14 oktabrda Mogadishoda amalga oshirilgan yirik terakt oqibatida halok bo‘lganlar 512 kishini, yaralanganlar 295 kishini tashkil etgandi. 

Mavzuga oid