Tayvanda hojatxona qog‘ozi «jazavasi», vaziyatga bosh vazir ham aralashdi
Tayvan aholisi do‘konlarda hojatxona qog‘ozi zaxirasini shosha-pisha xarid qilishga kirishib ketdi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Bunday xatti-harakatga mahsulot tez orada qimmatlashishi haqidagi yangiliklar sabab bo‘ldi. Bu hojatxona qog‘ozi ishlab chiqariladigan yog‘och massasi narxining o‘sishi bilan bog‘liq.
Vaziyatga Tayvan bosh vaziri Uilyam Lay ham aralashishga majbur bo‘ldi. U fuqarolarni tinchlanishga chaqirgan.
Gazetaning Tayvan OAVga asosan ta'kidlashicha, dam olish kunlari hojatxona qog‘ozi sotuvlari oddiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda 22 barobarga oshib ketgan.
Tayvan Iqtisodiyot vazirligining qayd etishicha, yog‘och massasi ishlab chiqaruvchilari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, yarim tayyor mahsulot taqchilligi kutilayotgani yo‘q.
Mavzuga oid
23:51 / 18.04.2023
Tayvan Xitoy tajovuziga qarshi 400 ta raketa sotib oladi
17:15 / 07.11.2022
O‘zbekiston Rossiyadan 106,7 tonna qog‘oz sotib oldi
17:43 / 23.03.2022
Finlandiyada qog‘oz tanqisligi sababli gazetalar chop etilishi to‘xtashi mumkinligi ma’lum qilindi
17:05 / 05.02.2022