Toshkentda «Neksiya» haydovchisi YPX xodimini urib, yana uchta avtomobilga zarar yetkazdi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi, deb xabar qilmoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 mart kuni soat 20.30larda Bo‘z 2-daha 6-uyda yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan T.D. mast holda boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasini Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida haydab ketayotib shu yerda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YXHB YPX katta inspektori, katta leytenant A.Po‘latovni urib yuborgan va shu yerda harakatlanib ketayotgan S.Yu. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli va S.A. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinalari bilan to‘qnashuv sodir etib, yo‘l chetida to‘xtab turgan E.J. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada katta leytenant A.Po‘latovga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024