«U bizning prezident emas» - Namoyishchilar Poroshenko kelishi kutilayotgan joyni egallab olishdi
Har yili 9 mart kuni Ukrainada shoir Taras Shevchenkoning tug‘ilgan kuni keng nishonlanadi.
Prezident Petro Poroshenko ham har yili shoirning haykali poyiga gullar qo‘yardi. Bugun Kiyev markazidagi Shevchenkoning haykali oldida odamlar to‘planib, prezidentga qarshi miting o‘tkazmoqda.
Ularning qo‘lida «Poroshenko - bizning prezident emas» so‘zlari yozilgan banner ko‘tarilgan. Prezident rasmining ustiga esa «O‘g‘ri» deb yozilgan.
Namoyishchilar maydon qo‘riqlanayotgan bo‘lishiga qaramay, u yerga kirib olishgan va haykal oldida Poroshenkoni kutishmoqda. Shu tariqa ular Poroshenkoga xalaqit berishmoqchi.
Ma'lum bo‘lishicha, bu namoyishchilar Mixail Saakashvilli tashkil qilgan «Yangi kuchlar harakati» partiyasi a'zolari hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:46 / 14.10.2024
Estetik sayr va noodatiy haykallar – Toshkentdagi ilk gastronomik ko‘chadan fotoreportaj
10:10 / 05.10.2024
Taras Shevchenko ko‘chasidagi gastronomik alleya 1-bosqichini yakunlash muddati kechiktirildi
13:28 / 13.07.2024
Miroboddagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi
18:36 / 04.05.2024