Yangiyerda ulfatlar do‘stini o‘ldirdi
2018 yil 2 mart kuni Yangiyer shahrida mudhish qotillik ro‘y berdi. Ta'kidlash joizki, jinoyatda gumon qilinayotganlar qotillikni sodir etganlaridan bir kun o‘tgach, jinoyat joyiga qaytib kelishgan va murdani uyi bilan yoqib yuborishga urinishgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xabar bermoqda. Ma'lum bo‘lishicha, 4 mart kuni V.Sapsayning murdasi yashash xonasida qotillik belgilari bilan topilgan. Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Qahramon Sherbo‘tayev o‘zining jinoiy sherigi Oleg Boyko bilan birga sodir etganligi aniqlangan.
Jumladan, ular 2018 yil 2 mart kuni soat 22:45 larda V.F.Sapsayning yashash xonadonida birgalikda spirtli ichimliklarni iste'mol qilishib, o‘zaro kelishmovchilik negizida kelib chiqqan janjal oqibatida fuqaro V.Sapsayning bosh qismiga o‘zlari bilan uyidan olib kelgan yog‘och bo‘lagi, keyinchalik shisha idish bilan ikki marotaba urgan.
Yiqilganidan keyin ustiga chiqib, bosh sohasiga qo‘lidagi shisha idish bilan bir necha marotaba urib tan jarohat yetkazgan. Bu vaqtga kelib, unga jismonan kuchi yetmasligini anglab, jinoiy sherigi O.Boyko V.Sapsayning qarshiligini yengish maqsadida oyoqlarini ushlab turgan. Q.Sherbo‘tayev o‘ng qo‘l bilagi bilan bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, fuqaro V.Sapsayni qasddan o‘ldirib, so‘ngra cho‘ntagidan 19 ming 600 so‘m pullarni olib, voqea joyidan yashirinishgan.
03.03.2018 yilda qotillik izlarini yashirish maqsadida marhumning yashash xonadoniga soat taxminan 23:00 larda kelishib, ushlagan idish hamda narsa va buyumlarini yig‘ib olib, kanalga tashlab yuborib, murdani yoqib yubormoqchi bo‘lishgan. Ammo xonadonni bir qismi yonganidan keyin chiqib ketishgan.
Bu bilan Q.Sherbo‘tayev va O.Boykolar o‘zlarining harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “j”, “i”, “p” bandlari hamda 164-moddasi 3-qismi “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Shu munosabat bilan 10 mart kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida viloyat prokurori R.Masharipov hamda IIB boshlig‘i M.Jo‘rayev shahardagi 4ta sektor rahbarlari, mahalla raislari, uchastka nozirlari, jinoyat sodir qilgan shaxslarning yaqinlari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda Qahramon Sherbo‘tayev va Oleg Boykolarning fukaro V.Sapsayni qasddan o‘ldirganligi yuzasidan JKning 97- moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tanqidiy muhokama qilindi. Yig‘ilishda sektor rahbari, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining tushuntirishlari eshitildi.
Mavzuga oid
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024
Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit pichoqlashdi
11:44 / 30.10.2024