Jahon | 21:30 / 10.03.2018
44789
2 daqiqa o‘qiladi

Putin vorisi haqida qachon o‘ylay boshlagani haqida so‘zlab berdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2000 yildayoq vorisi haqida o‘ylay boshlagan, biroq uning shaxsiy qarashlari ahamiyatsizdir, chunki tanlovni rossiyaliklarning o‘zlari amalga oshiradilar. 

“Men 2000 yildan beri bu haqda o‘ylamoqdaman. O‘ylash zarar qilmaydi, biroq pirovard natijada tanlovni Rossiya xalqi amalga oshiradi. Menga kimdir yoqishi yoki aksincha, yoqmasligidan qat'iy nazar, nomzodlar saylovlarga kelishadi va  yakuniy qarorni Rossiya fuqarolari qabul qilishadi”, deb aytgan Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida u o‘ziga voris topgani haqida berilgan savolga javoban. 

Putin hokimiyat o‘zgargandan keyin oxirgi yillarda qilingan ishlar barbod bo‘lishi borasidagi xavotirlarga izoh berib, “Sizning mutaxassislar deb ataluvchilar istaklarini haqiqat sifatida taqdim qilishadi. Men bu borada ko‘plab aljirashlarni eshitganman”, deb aytgan Putin.

“Nima uchun siz Rossiya hokimiyatiga mendan keyin oxirgi yillar men tomondan qilingan barcha narsani barbod qiladiganlar kelishi kerak, deb o‘ylaysiz? Balki, aksincha, keladigan odamlar Rossiyani mustahkamlashni, u uchun kelajak, keyingi avlodlar uchun rivojlanish maydonini yaratishni istovchi odamlar bo‘ladi”, deb aytgan Putin va dunyoda oliy davlat lavozimida “vayronkor odam”ni ko‘rishni istovchilar yetarlicha borligini qo‘shimcha qilgan.

Putin, shuningdek, AQSh barqaror Rossiyadan manfaatdorligiga ishonch bildirgan. 

“AQSh, fikrimcha, boshqa narsadan – Rossiya barqaror, farovon va rivojlanuvchi davlat bo‘lishidan manfaatdor”, deb aytgan Putin.

Mavzuga oid