Jahon | 11:17 / 14.03.2018
15152
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar ma'lum, Ravon uchinchi o‘rinda

Qozog‘iston Avtobiznesi assotsiatsiyasi 2018 yilning fevralida eng ko‘p sotilgan top-10 avtomobil ro‘yxatini e'lon qildi.

Assotsiatsiyaning ta'kidlashicha, qozog‘istonliklar fevralda yangi avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslarni sotib olish uchun 108,6 mln dollar sarfladi. 2017 yilning fevrali bilan taqqoslaganda sotuvlar hajmi 51,5 foizga oshdi.

Assotsiatsiya ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oyda rasmiy dilerlar 4133 avtomobilni sotishgan.

Eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar o‘ntaligida Lada yetakchilik qilyapti – 791 avtomobil. Toyota dilerlari 778, Ravon - 511 avtoni sotgan. To‘rtinchi o‘rinda Hyundai 505ta avtomobil bilan borayotgan bo‘lsa, beshinchi pozitsiya «GAZ» tijorat texnikasida – 211ta. 

Yengil avtomobil modellari kesimida hamon Toyota Camry yetakchi – 257ta, ikkinchi - Lada Granta (239ta), uchinchi - Ravon Nexia R3 (237ta). 

Mavzuga oid