Shavkat Mirziyoyev Den Syaopinni ko‘proq o‘qishni tavsiya qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy qanday qilib rivojlanish sohasida inqilob qilgani borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Davlat rahbari Samarqandning Past Darg‘om tumanida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Xitoy mo‘'jizasining haqli ravishda muallifi hisoblanuvchi Den Syaopinni ko‘proq o‘qishni tavsiya qildi, deb xabar qilmoqda majlisda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri.
“Mana bordik, Ishtixonda oqsoqolnikiga, yaxshi odam. Bizni juda hurmat-izzat bilan kutib oldi. 8 sotix yeri bor. Men shu yerda savol berdim. Necha yil bo‘ldi mustaqilligimizga? 27 yil. Nechta daraxt ekdingiz? 8 sotix yerga mustaqillik yillarida bitta ham daraxt ekkani yo‘q. Bo‘m-bo‘sh. 8 sotixga kartoshka ekilgan. Issiqxona qilingan, kichkinagina, limon ekilgan va hakozo.
Men nima demoqchiman? Den Syaopinni ko‘proq o‘qinglar. Mana Xitoy qanday qilib inqilob qildi? Har bir shaxsni ishlatdi. Qilich bilanmi, qamchi bilanmi, qat'inazar ishlatdi ularni. Bizning qayerimiz kam?
Men so‘radim, 3 sotix kartoshkaning puli qancha bo‘ladi? Ha, shuncha. Nega boshqa narsalar, anor, behi ekmagansiz? Daromad qilish kerak-ku, axir! Ha, endi qilamiz. Ishtixonda nima yaxshi bo‘ladi? Uzum yaxshi bo‘ladi. Nega oltiariqliklar 20talab mashina oladi. Uzum ekadi. Daromad qiladi. Oltiariqda 8 sotix yeri yo‘q. 2 sotix yeri bor. Oltiariqda 8 sotix yeri bor kishi boyvachcha deyiladi”, - deya Prezident shaxsiy tomorqadan unumli foydalanish borasida kuyunchaklik o‘z fikrlarini bildirdi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024