Facebook bilan bog‘liq mojaro Tsukerbergga 5 mlrd dollarga aylandi
Facebook ijrochi direktori va asoschisi Mark Tsukerberg 19 mart kuni aksiyalari qimmatsizlashishi oqibatida 4,9 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Facebook aksiyalari Britaniyaning Cambridge Analytica tahliliy kompaniyasi ijtimoiy tarmoqning 50 mlndan ko‘proq foydalanuvchisining shaxsiy ma'lumotlarini ularning ruxsatisiz to‘plaganini va bu ma'lumotlar asosida amerikaliklarning siyosiy qarashlarini tahlil qiluvchi algoritmni yaratmoqchiligi haqida axborot paydo bo‘lgandan keyin 7 foizga arzonlashib ketgan.
Shu sababli Tsukerberg boyligi 70,4 mlrd dollargacha kamaygan. Shundan keyin Bloomberg’ning dunyoning eng badavlat odamlari reytingida Tsukerberg bir pozitsiya pastlagan va 5-o‘ringa tushib qolgan.
The New York Times ma'lumotlariga ko‘ra, Cambridge Analytica ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotlarini yig‘uvchi mobil dastur yaratgan. Ta'kidlanishicha, olingan ma'lumotlar saylovchilarning psixologik tasvirini tuzish uchun qo‘llangan va AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasiga reklama yaratishga imkon bergan. Facebook’da esa bundan bexabarliklari aytilgan va 16 martdan kompaniya o‘z servelariga Cambridge Analytica’ning kirishini to‘sib qo‘ygani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
23:18 / 30.09.2024
Tsukerberg 2030 yilga borib №1 gadjetga aylanadigan qurilma nomini aytdi
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
09:31 / 28.08.2024