Britaniya YeI davlatlarini rus diplomatlarni chiqarib yuborishga ko‘ndirmoqchi
Buyuk Britaniya hukumati Yevropadagi ittifoqchilarni rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga ko‘ndirmoqchi. Bu Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi tufayli ro‘y beryapti, deb xabar qilgan Bloomberg manbalarga asoslangan holda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya hukumati YeIdagi muhim ittifoqchilarga Skripal ishi bo‘yicha razvedka ma'lumotlarini taqdim etmoqda.
Nashr manbalarining ta'kidlashicha, bosh vazir Tereza Mey YeI davlatlari yetakchilariga Moskva butun Yevropaga tahdid uyg‘otayotganini ma'lum qilish niyatida.
Shuningdek, Mey hamkorlarni Rossiya hukumatiga bosimni kuchaytirish lozimligiga ishontirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Skripal ishi bo‘yicha ayblovlar nega asossiz ekanini tushuntirib bergandi.
Mavzuga oid
13:50
Latviya Rossiyaning transponderlari o‘chiq qiruvchilari haqida xabar berdi
13:10
Davlat dumasi: Kuzgi chaqiruv eski qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi
12:10
FIDE Bosh assambleyasi RF va Belarusga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni rad etdi
09:30