Jahon | 12:27 / 22.03.2018
17133
1 daqiqa o‘qiladi

Savchenko Timoshenko haqida yangi ma'lumotni oshkor qildi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoning «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenko bilan uchrashuvi haqida xabar berdi. Bu haqda u NewsOne efirida aytib o‘tgan.

«Men Aleksandr Zaxarchenko bilan muzokaralarga borganimda, o‘sha yerda Yuliya Vladimirovna ham shu Zaxarchenko bilan qachonlardir gaplashganini bilib qoldim. Bu urushdan avval, Maydan darz ketganida yuz bergan, biroq u bundan qochishga harakat qildi hamda meni Zaxarchenko bilan gaplashganim uchun qoraladi... U Donbass o‘zini qo‘llab-quvvatlashini xohlardi, biroq Donbass bunday qilmadi – unga o‘sha yadro bombasi va tikanli simlarni eslatishdi», - deya aytib o‘tgan Savchenko.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, Ukraina partiyasi ikkiyuzlamachilikni ko‘rsatmoqda va uning yordamida o‘zining asl yuzini yashirmoqda.

Mavzuga oid