AKT vaziri Rossiya aloqa vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
21 mart kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Rossiya Federatsiyasi aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi. Unda, shuningdek, RFning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda RF Prezidenti boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Fatixov ham ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida ikki mamlakatning axborot-texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar raqamli iqtisodiyot, AKT mutaxassislarini tayyorlash, texnoparklarni rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish, pochta aloqasini rivojlantirish, raqamli televideniyeni rivojlantirish va boshqa muhim yo‘nalishlarni ko‘rib chiqishdi.
Muzokaralar yakunida mamlakatlar o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirishdi. Barcha ko‘tarilgan masalalar va qisqa muddatda ikki tomonning ishchi guruhlarini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024